30 iyu 12:02
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat Olimpiadasi. O'zbekiston - Farer bahsi juftliklari malum
Xabar berganimizdek, Hindistonning CHennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
Bugun Olimpiadaning 2-tur partiyalari o'ynaladi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda O'zbekiston - Farer orollari terma jamoalari uchrashuvi bo'lib o'tadi. Har ikki terma jamoa ham kecha 1-turda bir xil 4:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan. Farer San-Marinoni, O'zbekiston esa Ganadan ustun keldi.
Etiborlisi, Farer orollari terma jamoasi tarkibidagi barcha shaxmatchilar grossmeyster maqomiga ega. O'zbekiston jahon reytingida 14, Farer esa 60-o'rinni egallab turibdi.
Farer - O'zbekiston (juftliklar)
Xelgi Ziska (2549) - Nodirbek Abdusattorov (2688)
Egilstoft Nelsen (2416) - Nodirbek Yoqubboev (2620)
Rogvi Egilstoft (2284) - Javohir Sindarov (2629)
Jon Rodgaard (2324) - Jahongir Vahidov (2564)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar