31 iyu 11:32
Yangiliklar
SHaxmat Olimpiadasi. O'zbekiston - Sloveniya, O'zbekiston - Zambiya bahsi juftliklari malum
Bugun Olimpiadaning 3-tur partiyalari o'ynaladi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda ikkita yuz foizlik g'alabaga erishib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 3-o'rinni egallab turgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun sloveniyalik shaxmatchilarga qarshi dona suradi. O'zbekiston jahon reytingida 14, Sloveniya esa 41-o'rinni egallab turibdi. Bugungi raqiblarimiz ham dastlabki ikki turda g'alaba nashidasini surishgan.
(14) O'zbekiston - (41) Cloveniya (juftliklar):
Nodirbek Abdusattorov (2688) - Matey Sebenik (2512)
Nodirbek Yoqubboev (2620) - Yan Subelj (2498)
Javohir Sindarov (2629) - Yure Borisek (2577)
SHamsiddin Vahidov (2552) - Boris Markoja (2452)
Bir g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi shaxmatchilari esa bugun 3-turda zambiyalik dugonalariga qarshi bahs olib borishadi. O'zbekiston jahon reytingida 46, Zambiya esa 87-pog'onadan joy olgan.
(46) O'zbekiston - (87) Zambiya (juftliklar):
Nilufar Yoqubboeva (2299) - Lorita Mvango (1920)
Umida Omonova (2195) - Konstans Mbatta (1614)
Maftuna Bobomurodova (1914) - Firi Berta (1606)
Afruza Hamdamova (1969) - Namakau Likando (1544)
Fikrlar