So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

06 avg 10:00
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi: Yana kimlar bilan o'yinimiz qoldi?

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi haqida muxlislarimiz tomonidan eng ko'p berilayotgan savollardan biri aynan shu bo'lmoqda.

SHaxmat Olimpidasining 7 ta turi ortda qoldi. Yana 4 ta turdan so'ng musobaqaning g'olib va sovrindorlari nomi malum bo'ladi. 

Grossmeysterlarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki ortidan yurtdoshlarimiz orasida shaxmatga qiziqish ortmoqda va ular O'zbekiston terma jamoasining ishtirokini, natijalarini kuzatib borishmoqda. 

Hozir imkon darajasida eng ko'p berilayotgan savollarga javob berishga urinib ko'ramiz. 


Umumiy hisobda nechta o'yin o'tkaziladi?

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o'yinlar soni 11 tani tashkil etadi. Hozir 7-tur yakunlanganligini hisobga olsak, yana to'rtta o'yin qoldi. So'nggi tur bahslari 9 avgust kuni tashkil etiladi. 


Nechta terma jamoa ishtirok etmoqda?

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda 188, ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda esa 162 ta jamoa bor. Mezbon Hindiston terma jamoasi esa uchta tarkib bilan bahslarda qatnashmoqda.


Yana kimlar bilan o'yinimiz qoldi?

Ushbu musobaqada taqvim oldindan tuzib qo'yilmaydi. Har bir tur yakuniga etgach, juftliklar avtomatik tarzda qura yordamida aniqlanadi. Bunda jamoalar to'plagan ochkolari, darajasi bir-biriga yaqinligi inobatga olinadi. Deylik, O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Demak, ushbu o'rin va to'plangan ochkoga qarab raqib tushadi. Masalan quyi o'rinlardan - 30-40-50-150-o'rinlardan raqib tushmasligi aniq. 

Bugun, 8-turda Germaniya raqibimiz bo'ladi. 9-turdagi raqibimiz bugungi o'yindan so'ng aniqlanadi. 

Qizlarimiz 7-turdan so'ng 45-o'rinni egallab turishibdi va ularning bugungi raqibi SHimoliy Makedoniya bo'ladi. 


Kuchli o'nlikda qaysi terma jamoalar bor?
Hindiston va AQSH bilan o'ynab bo'lganimiz, bugun Germaniyaga qarshi bahs borligini inobatga olsak, qolgan uchta tur davomida (agar natijalarimiz shu tempda davom etsa va o'rinlar keskin almashmasa) Armaniston, Hindiston 2, Qozog'iston, Franciya, Eron, Nederlandiya terma jamoalariga qarshi to'qnash kelishimiz mumkin. Bu ayni holatdagi ehtimol va shaxmatda har bir yarim ochko ham turnir jadvaliga katta tasir qiladi. SHu sababli, bugungi turdan keyin ham o'zgarishlar bo'lishi tabiiy.


O'zbekiston terma jamoasi qachon vatanga qaytadi? 

Terma jamoamiz azolari joy olgan samolyot 10 dan 11 avgustga o'tar kechasi soat 02:45 da Toshkent xalqaro aeroportiga etib boradi. 


Yana bir qo'shimcha malumot: O'zbekiston 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezbonligi uchun davogarlik qilmoqda. Yaqin kunlarda FIDEga azo mamlakatlar delegatlari o'rtasida o'tkaziladigan ovoz berish jarayoni orqali bunga aniqlik kiritiladi. Bu borada vakillarimizga Polsha va Zambiya mamlakatlari raqobat ko'rsatishi kutilayotgandi. Biroq so'nggi pallada ushbu mamlakat hukumatlari tomonidan kafolat xatlari taqdim etilmadi. Demak, O'zbekistonda mezbonlik huquqini qo'lga kiritish imkoniyatlari oshgan. 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
06 avg 17:56:43
Тўлқин Хайит
Гулрухбегим ҳам Ўзбекистон тамондан ўйнаганда эди натижаларимиз бўнданда зўр бўлар эди. Қизлар бўш келманглар, йигитларга гап йўқ. Фақат биринчи ўрин учун олға.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing