So’nggi yangiliklar

11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0

11 sen 07:11
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasiga qura tashlandi. Bugun O'zbekiston chempionlik himoyasini boshlaydi

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start oladi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi amaldagi shaxmat Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. Ular ikki yil avval Hindistonning CHennay shahrida o'tkazilgan Olimpiadada tarixiy natija qayd etishgan edi. 

Demak, 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida yosh grossmeysterlarimiz chempionlik himoyasiga kirishishadi. Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. SHuningdek, Olimpiadaga qura tashlash tadbiri ham bo'lib o'tdi. 

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida erkaklar guruhida 197, ayollar guruhida esa 184 ta terma jamoa ishtirok etadi. Har ikki guruhda ham yurtdoshlarimiz ishtirok etishadi. Turnir shveycarcha formatda 11 tur davom etadi.

Qura natijasiga ko'ra, Vladimir Kramnik murabbiyligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun 1-turda Trinidad va Tobago shaxmatchilariga qarshi bahs olib borishadi. Aleksey Dreev murabbiylik qilayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi esa ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilari bilan hisob-kitob qilishadi.    

Erkaklar terma jamoamiz tarkibi: Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, SHamsiddin Vohidov, Jahongir Vahidov 

Ayollar terma jamoamiz tarkibi: Afruza Hamdamova, Nilufar Yakubboeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonova

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing