05 may 09:22
Yangiliklar

SHaxmat. Oliy ligada ikkinchi tur partiyalari o'ynaldi
Aylana tarzda o'tkazilayotgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti.
Xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida esa ikki nafar xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Toxirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) ishtirok etmoqda. Har ikki grossmeysterimiz ham yuz foizlik natijaga ega bo'lib turishibdi.
Tohirjonova ikkinchi turda Marjona O'ktamovadan ustun keldi. Qurbonboeva esa Sevara Boymurodovani engdi. Amaldagi mamlakat chempioni Nodira Nodirjonova qora donalarda harakat qilib, SHahzoda SHermuhammadovani taslim etdi. Bahora Abdusattorova Nilufar Yoqubboevadan ustun keldi.
Fikrlar