23 apr 10:06
Yangiliklar

SHaxmat. Oliy liganing 1/4 finalida kutilmagan natijalar
Ikki kunlik 1/4 final bahslari kutilmagan natija bilan yakuniga etdi. Jumladan, erkaklar o'rtasidagi musobaqada taniqli grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov istedodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Grossmeysterlarning o'zaro uchrashuvlarida esa Ortiq Nig'matov Jahongir Vohidovdan, Muhiddin Madaminov Abdumalik Abdisalimovdan ustun kelib, 1/2 finalga yo'l oldi.
Ayollar o'rtasidagi mamlakat chempionati 1/4 finalida tajribali Nodira Nodirjonova Nilufar Yakubboevani taslim etgani kichik shov-shuvga sababchi bo'ldi. Qolgan juftliklarda kutilganidek, Afruza Hamdamova, Umida Omonova va Marjona Malikova raqibalaridan ustun kelib, yarim final ishtirokchisiga aylanishdi.
Oliy liga-2025 chorak final natijalari:
Erkaklar o'rtasida:
SHamsiddin Vohidov 2–4 Muhammadzohid Suyarov
Muhiddin Madaminov 2–0 Abdimalik Abdisalimov
Nodirbek Yakubbaev 3–1 Humoyun Begmuratov
Jahongir Vohidov 1,5–2,5 Ortiq Nig'matov
Ayollar o'rtasida:
Afruza Hamdamova 1,5–0,5 Madinabonu Xalilova
Nilufar Yakubbaeva 0,5–1,5 Nodira Nodirjonova
Umida Omonova 1,5–0,5 Nilufarxon Imomxo'jaeva
Ozoda SHaxzodova 0,5–1,5 Marjona Malikova
Fikrlar