So’nggi yangiliklar

08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0

25 apr 12:37
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. O'zbekiston chempionati oliy ligasida finalchilar aniqlandi

SHaxmat bo'yicha O'zbekiston chempionati oliy ligasida yarim final bosqichining ikkinchi kun uchrashuvlari o'tkazildi.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda taniqli grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidovni musobaqadan chiqarib yuborgan istedodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov final ostonasida to'xtatildi. U 1/2 finalda ikki o'yin natijasiga ko'ra grossmeyster Ortiq Nig'matovga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Ikkinchi yarim final uchrashuvida grossmeysterlarimiz Nodirbek Yakubboev va Muhiddin Madaminov o'zaro to'qnash kelishdi. Ushbu qarama-qarshilikda Yakubboev 1,5:0,5 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.

Ayollar o'rtasidagi mamlakat chempionatining 1/2 finalida tajribali Nodira Nodirjonova reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamovadan 1,5:0,5 hisobida ustun keldi. 

Nodirjonovaning finaldagi raqibasi Umida Omonova bo'ladi. U 1/2 finalda Marjona Malikovani 3:1 hisobida dog'da qoldirdi. SHaxmatchilar bittadan g'alabaga erishishdi. Tay-brekning har ikki partiyasida esa Omonova zafar quchdi. Final va 3-o'rin sohibini aniqlab beruvchi o'yinlar ertaga, 26 aprel kuni soat 14:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing