So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

11 avg 16:38
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Qarshi Open-2018 xalqaro turniri davom etmoqda

Qarshi shahrida shaxmat bo'yicha Ismat SHukurov xotirasiga bag'ishlangan ananaviy xalqaro turnir davom etmoqda.

Turnirning xalqaro guruhida 6-tur partiyalari o'tkazildi. Birinchi doskada O'zbekiston vakillari uchrashib, unda IM Nodirbek Yoqubboev qora donalarda o'ynashiga qaramay, g'alaba qozondi. 

O'zbekiston chempioni bo'lgan Nodirbek 6 imkoniyatdan 5 ochko jamg'arib, "A" guruhida peshqadamga aylanib oldi. Yoqubboevga imkoniyatni boy bergan FM Akmal Fayzullaev 4,5 ochkoga ega.

 

Daler Vohidovni (O'zbekiston) mag'lub etgan FM Abdumalik Abdusalimovda ham shuncha ochko bor. 

GM Vitaliy Sivuk (Ukraina)dan ustun kelgan GM Petr Kostenko (Qozog'iston) ham ochkolarini 4,5taga etkazib oldi. 

 

Finalga uch tur qolgan bir paytda yana 5 ishtirokchi 4 ochkoga ega - ular grossmeysterlar Xamicevich Vladimir (Moldova), Jumaev Marat (O'zbekiston), Yo'ldoshev Saidali (O'zbekiston), Vul Arkadiy E. (Rossiya) va poytaxtlik xalqaro master Vohidov SHamsiddin.  

Ayol shaxmatchilardan eng yaxshi natijaga xalqaro grossmeyster Sarvinoz Qurbonboeva ega bo'lib turibdi. Hamyurtimiz 6 imkoniyatdan 3,5 ochko to'pladi. 

"B" guruhida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan istedodli yoshlar dona surishyapti. Ulardan uch nafari peshqadamlar safidan joy olgan. Halimjonov Fayzullo (2006 yilda tug'ilgan), Jo'raev Sanjar (2002 yilda tug'ilgan, ikkisi ham Buxorodan) hamda xalqaro tajribaga ega samarqandlik shaxmatchi WCM Hamdamova Afruza 5ta partiyaning barchasida g'alabaga erishishdi. 

Noraliev Saparali (Sirdaryo), Namozova Xolida (Qashqadaryo) va Sulaymonov Mirabbos (Buxoro) peshqadamlardan yarim ochko kam jamg'arishgan. Yana 17 shaxmatchi 5 imkoniyatdan 4 ochko to'plagan. Bu esa "B" guruhida ham raqobat kuchli ekanligini ko'rsatib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing