06 fev 19:51
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. “Qishki kubok” musobaqasi g'olib va sovrindorlari malum
O'zbekiston shaxmat federaciyasida navbatdagi Respublika musobaqasi bo'lib o'tdi.
“O'zbekiston shaxmat federaciyasining Qishki kubogi” nomini olgan musobaqa rapid yo'nalishida o'tkazilib, unda 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar ishtirok etishdi.
SHveycarcha tizimda tashkil etilgan musobaqa g'oliblari 9 tur natijasiga ko'ra aniqlandi. Mazkur turnir shaxmatchilarga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli bo'ldi.
Musobaqa yakunida Timur Imomov 7,5 ochko bilan g'olib deb topildi. U bironta ham partiyada mag'lubiyatga uchramadi. Timur 6 g'alaba va 3 durang bilan chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi.
Foto. O'zbekiston shaxmat federaciyasi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar