So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

09 noy 09:53
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Tohirjonova jahon chempionatining uchinchi davrasiga yo'l oldi

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida nokaut tizimidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Xabaringiz bor, ushbu jahon chempionatida yurtimiz sharafini yagona vakilamiz, ayollar o'rtasida xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova himoya qilyapti. O'zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo'minovaning singlisi bo'lgan Gulruhbegim ilk davrada g'alaba nashidasini surgandi.  

Kecha musobaqaning ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazildi. Tohirjonova 1/16 final bosqichida xitoylik xalqaro grossmeyster Tan Jong Yiga qarshi dona surdi. Dastlabki ikki partiyada tomonlar murosaga kelishdi. G'olib nomini aniqlab bergan 25 daqiqalik tay-brekda Gulruhbegim kuchli raqibini mag'lub etdi. 

Endi istedodli shaxmatchimiz 1/8 final bosqichida rossiyalik xalqaro grossmeyster Valentina Guninaga qarshi bahs olib boradi. Gunina kecha ukrainalik  Anna Usheninadan 1,5 - 0,5 hisobida ustun keldi. 

Jahon chempionati. 1/8 final juftliklari:

CHjay Mo (Xitoy) - Czyuy Venczyun (Xitoy)

Yolanta Zavadzka (Polsha) - Jansaya Abdumalik (Qozog'iston)

Natalya Pogonina (Rossiya) - Ekaterina Lagno (Rossiya)

Anna Muzichuk (Ukraina) - Antoaneta Stefanova (Bolgariya)

Xarika Dronavali (Hindiston) - Aleksandra Kostenyuk (Rossiya)

Alisa Gallyamova (Rossiya) - Ley Tincze (Xitoy)

Mubina Alinasab (Eron) - Mariya Muzichuk (Ukraina)

Gulruhbegim Tohirjonova (O'zbekiston) - Valentina Gunina (Rossiya)


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing