15 iyu 15:51
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmat. Umida Omonova Jahon kubogida yangi rekordni o'rnatdi
Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida davom etayotgan Jahon kubogida hamyurtimiz Umida Omonova to'rtinchi bosqichga yo'l olgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Ayni paytda dunyo reytingida 90-o'rinni egallab turgan 19 yoshli Umida musobaqa tarixida eng past reyting bilan Jahon kubogi 1/8 finaliga yo'l olgan shaxmatchiga aylandi.
Umida dastlabki uchta o'yinida franciyalik Sofi Mile, polshalik Alina Kashlinskaya va qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmetlarni taslim etdi. To'rtinchi bosqichda Omonova dunyo reytingida 3-o'rinni egallab turgan Tingji Liga qarshi bahs yuritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar