17 noy 18:55
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Yakubboev Jahon kubogining chorak finalini g'alaba bilan boshladi
Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi davom etmoqda.
Musobaqaning 1/4 finaliga ikki yosh grossmeyterimiz etib kelganligi haqida xabar qilgandik.
CHorak final doirasida Javohir Sindarov meksikalik Xose Eduardo Martines Alkantaraga qarshi dona surdi va durang qayd etdi.
Nodirbek Yakubboev esa Germaniya sharafini himoya qilayotgan Aleksandr Donchenkoni mag'lubiyatga uchratdi.
2-partiya uchrashuvlari ertaga o'tkaziladi.
CHorak finalning 1-partiyasida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar