So’nggi yangiliklar

18:36"Интер" ва МЮ "Барселона" ҳимоячиси учун курашади 0 18:15UFC Мексикадаги турнирда иштирок этадиган жангчилар ва ходимлар хавфсизлигини кафолатлайди 0 17:54Испания триатлон федерацияси билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди 0 17:33Алжамэйн Стерлингга қисқа муддатда жанг берилди 0 17:12Дибала фаолиятини Аргентинада давом эттириши мумкин 0 16:51Бектемир Мелиқўзиев: "Камар учун жанг қиламан, бу тасдиқланди!" 0 16:30WTA рейтинги. Теннисчимиз 32 ўринга юқорилади, бу унинг энг яхши натижаси. Қолганларчи? 0 16:09Дональд Трамп UFC жангчисига ёрдам беради 0 15:48ПСЖ асосий футболчиси билан янги шартнома бўйича келишиб олди 0 15:27Бектемир Мелиқўзиев Сауль Альварес билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:06ATP рейтинги. Султонов 139 поғонага пастлади. Қолганларнинг ҳолати қандай? 0 14:45Бектемир Мелиқўзиев: "Сўнгги синов жанги берилганди" 0 14:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди 0 14:03Макгрегор UFC сукунати фонида сабрнинг чеки борлигини эслатиб қўйди 0 13:42Муҳаммад Мокаев: "Бир неча нокаут ва мен яна ўша ерда бўламан" 0

21 okt 11:05
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Yulduzlari. Bugun so'nggi tur, 20 000 $ kimga nasib qiladi?

Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida davom etayotgan nufuzli musobaqa – SHaxmat Yulduzlari turniri o'z yakuniga etadi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, isroillik Boris Gelfand, ukrainalik Ruslan Ponomarev hamda 17-jahon chempioni hamyurtimiz Rustam Qosimjonov ishtirok etyapti.

Bugun so'nggi tur uchrashuvlari o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov bugun avvaliga Ruslan Ponomarev, keyin peshqadam SHaxriyar Mamadiyarov, so'nggi partiyada Boris Gelfand bilan xisob-kitob qiladi.


Bugungi so'nggi uchrashuvlar oldidan Qosimjonov 4 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Olti ochkoga ega ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov bugun bitta uchrashuvda durang qayd etsa ham turnir g'olibiga aylanadi. 

BUGUNGI UCHRASHUVLAR:

Ponomarev - Qosimjonov

Gelfand - Mamadiyarov

Gelfand - Ponomarev

Mamadiyarov - Qosimjonov

Ponomarev - Mamadiyarov

Qosimjonov - Gelfand

TURNIR JADVALIDAGI HOLAT:

SHaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) - 6 ochko

Boris Gelfand (Isroil) - 4,5 ochko

RUSTAM QOSIMJONOV (O'zbekiston) - 4 ochko

Ruslan Ponomarev (Ukraina) - 3,5 ochko

Malumot uchun, SHaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 50 ming Amerika Qo'shma SHtatlari dollarini tashkil etadi. G'olib grossmeyster 20 ming dollarga ega bo'ladi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing