05 dek 13:45
Yangiliklar

SHaxmatchi Nodirbek Yaqubboev "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sohibi bo'ldi
Yosh shaxmatchimiz ushbu mukofotni qo'lga kiritganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zbekiston belgisi"ni olding deyishganida, to'g'risi, jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritganimda ham bunchalik quvonmagandim. Ota-onam "Bolam, sen hali bu mukofotga yoshlik qilsang kerak, sendan ham ko'proq mehnat qilgan, fidoyi yoshlar ko'p deyishgandi".
Men aynan mazkur mukofotga loyiq bo'lish uchun harakat qila boshladim. 2017-yilda shaxmat bo'yicha Ruminiyada o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etdim va mutloq g'olib bo'ldim. Mana ko'rib turibsizki, men ham Vatanimizning fidoyi yoshlari qatorida, Prezidentimiz ishonchini elkamda mag'rur tutgancha mazkur mukofotni Davlat maslahatchisi Qahramon Qo'chqorovich qo'lidan qabul qilib oldim. Kelajakda bundan-da katta marralar sari odimlashimda ko'ksimga taqilgan masuliyat meni ulkan cho'qqilarga etaklab boraveradi", - dedi yosh shaxmatchi.
Fikrlar