So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

02 iyu 14:48
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Aktobe Open 2024 turnirining 8-turida qanday natija qayd etishdi?

Qozog'istonning Aktyubinsk viloyati Aktobe shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Aktobe Open 2024 turniri ananaviy tarzda Vladimir Dvorkovich xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinyapti. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida uch nafar shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665), Muhammadzohid Suyarov (2429) va Muhiddin Madaminov (2504) ham sovrinli o'rinlar uchun dona surishayotgandi.

Afsuski, ulardan Muhiddin Madaminov musobaqa yakunnalishiga uch tur qolgan bir paytda ishtirokini yakunlab bo'ldi. Turnirning 8-turida qolgan ikki vakilimiz oq donalarda harakat qilishdi. Yakubboev kutilmaganda belaruslik Mixail Nikitenko (2525)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Suyarov esa aksincha, qozog'istonlik Sauat Nurgaliev (2320)ni mag'lubiyatga uchratdi. 

Bugun o'tkaziladigan so'nggi 9-tur oldidan Parham Maqsudlu (Eron, 2732) 7 ochko bilan yakka karvonboshi bo'lib turibdi. U 8-turda hind grossmeysteri Puranik Abhimanyuni mag'lubiyatga uchratib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. Aleksey Sarana (Serbiya, 2706), Abhijit Gupta (Hindiston, 2601), SHant Sargsyan (Armaniston, 2637), Aleksandr Predke (Serbiya, 2667) hamda Yakubboevdan ustun kelgan Mixail Nikitenko (Belarus, 2525) 6 tadan ochko jamg'arib, keyingi o'rinlarni band etishgan. Besh ochkoga ega Nodirbek Yakubboev esa qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 16-o'ringa tushib ketdi va sovrinli o'rinlarni egallay olmasligi 100 foiz oydinlashdi. 

Muhammadzohid Suyarov 8-turdan keyin 4,5 ochko bilan 41-pog'onadan 28-o'ringa ko'tarilib oldi. Muhiddin Madaminov esa musobaqadagi ishtirokini 2,5 ochko bilan yakunlab bo'ldi. U hozir jadvalda 74-pog'onadan joy olgan. Bugun so'nggi 9-turda shaxmatchilarimiz qora donalarda harakat qilishadi. 


Aktobe Open 2024. So'nggi 9-tur juftliklari

Saparmirat Atabaev (Turkmaniston, 2514) - Nodirbek Yakubboev (2665) 

Aleksandr Rahmanov (FIDE, 2614) - Muhammadzohid Suyarov (2429)


Malumot uchun, Aktobe Open 2024 turniri g'olibi 20 000 dollar mukofot puliga ega bo'ladi. Ikkinchi o'rin sohibi 15 600, uchinchi o'rin egasi esa 11 100 AQSH dollarini qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing