So’nggi yangiliklar

17:52"Винтаж моделлар" — Шевченко Рози ва Каранони телефонга қиёслади 0 17:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё кубогида ишлайди 0 17:21Гусков билан жанги бекор бўлган Ян Блахович бунга изоҳ берди 0 17:10Карлос Алькарас кетма-кет иккинчи йил ҳам Мадрид "Мастерс"ни ўтказиб юборади 0 17:03Кутилмаган хабар: Богдан Гусков ва Ян Блахович ўртасидаги реванш бекор бўлди 0 16:49Гурлан белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатига мезбонлик қилади 0 16:28Бокудаги UFC турнирининг асосий жанги маълум 0 16:07"Ливерпуль" ёзда катта "тозалаш" қилмоқчи. Жамоани 9 футболчи тарк этиши мумкин 0 15:46"Чимаев — ўзи истаганини қиладиган бўри" - UFC собиқ чемпиони 0 15:25Алишер Юсупов – Осиё чемпиони! Мусобақани 10 та медаль билан якунладик 0 15:04Гарсия Царукян олдидаги қарзи ҳақида: "Тўламайман!" 0 14:43"Интер" ҳимоячиси рекорд ўрнатди 0 14:22Сауль Альварес: "Энг кучли рақиб — чемпионни танлайман!" 0 14:01Элина Свитолина Штутгарт турнири 1/2 финалида ўйнайди 0 13:40Перейра мухлисларини тинчлантирди: "Тез орада машина каби бўламан" 0

09 avg 09:00
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz BAAdagi nufuzli shaxmat festivalida

BAA poytaxti Abu Dabi shahrida shaxmat bo'yicha xalqaro shaxmat festivali boshlandi.

O'z tarixida 25-marotaba tashkil etilayotgan ushbu festival doirasida 8ta turli musobaqalar o'tkazilmoqda. Unda o'zbekistonlik shaxmatchilar ham ishtirok etishyapti. 

Eng nufuzli hisoblangan - 25th Abu Dhabi International Chess Festival - Masters musobaqasida hamyurtlarimizdan xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, ayol xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova, xalqaro masterlar Timur Qo'yboqarov va Javohir Sindarov o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazmoqda. 

Ushbu turnirda 31 davlatdan jami 158 nafar shaxmatchi ro'yxatdan o'tgan. Ulardan 54 grossmeyster va 35 nafari xalqaro masterlarlardir. Turnirning reyting favoritlari orasida 5 nafari reytingi 2700dan yuqori bo'lgan xalqaro grossmeysterlardir: Le Kuang Liem (Vetnam, 2727), Rapport Richard (Vengriya, 2719), Ivan CHeparinov (Gruziya, 2718), Van Xao (Xitoy, 2711) va Vladimir Fedoseev (Rossiya, 2707).

Turnir shveycarcha tizida 9 turdan iborat bo'ladi. Kuchli o'ntalikdan joy olgan shaxmatchilarga pul mukofotlari topshiriladi. Birinchi o'rin sohibi 13 000 dollarga ega bo'ladi. O'ninchi pog'onadan joy olgan shaxmatchiga esa 600 dollarlik chek taqdim etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing