So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

22 avg 12:37
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Butunjahon O'smirlar Olimpiadasida Hindiston va Kanadaga qarshi bahs olib borishdi

Kolumbiyaning Barrankilya shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar (U-16) o'rtasidagi Butunjahon Olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

Nufuzli musobaqada dunyoning 45 davlatidan 90 ta jamoa bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi musobaqada o'rtacha reyting bo'yicha 2-o'rinda qayd etilgan. Xalqaro grossmeyster Saydali Yuldashev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro sport ustalari Humoyun Begmuratov (2435), Muhammadzohid Suyarov (2356), FIDE sport ustasi Asrorjon Omonov va ayollar xalqaro sport ustasi, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova dona surmoqda. 

Kecha Olimpiadada ikkita tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'smirlarimiz avvaliga 7-turda asosiy raqib Hindiston terma jamoasiga 1,5:2,5 hisobida imkoniyani boy berib qo'yishdi. Keyin esa 8-turda Kanada shaxmatchilari 3,5:0,5 hisobida taslim etildi. FIDE 1 jamoasi 8 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. 

O'zbekiston terma jamoasi Olimpiadaning 8-turidan so'ng 6 g'alaba va 2 mag'lubiyat bilan 12 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turibdi. FIDE 2 jamoasi 13 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Qozog'iston 1 jamoasi biz singari 12 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Hindiston, Qozog'iston 2, Kolumbiya 1, Italiya va Xitoy terma jamoalari hisobida ham 12 ochkodan bor. 

Bugun so'nggi 9-turda O'zbekiston terma jamoasi Italiya shaxmatchilariga qarshi bahs olib boradi. Birinchi doskada FIDE 1 va FIDE 2 terma jamoalari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing