03 iyu 10:32
Yangiliklar
SHaxmatchilarimiz G'arbiy Osiyo chempionatida 10 ta medalga ega chiqishdi FOTOGALEREYA
Musobaqada mezbonlardan tashqari, O'zbekiston, Qozog'iston, SHri-Lanka, O'mon, Bangladesh, Hindiston, FIDE bayrog'i ostidagi Rossiya, Tojikiston hamda Turkmanistondan jami 300 nafarga yaqin bir nechta yosh toifasidagi shaxmatchilar g'oliblik yo'lida dona surishyapti.
"Solemar" markazi mezbonlik qilayotgan chempionatda rapid yo'nalishi bo'yicha bahslar yakuniga etdi. Unda 4 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.
Ishtirokchilari soni bizdan ko'p bo'lgan Qozog'iston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etdi. Kuchli uchlikka 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Rossiya terma jamoasi yakun yasab berdi.
Hindiston, SHri-Lanka, Qirg'iz Respublikasi va Bangladesh terma jamoalari ham kamida bittadan medalga ega chiqishdi. Kechadan ishtirokchilar klassik shaxmat bo'yicha bahslarga kirishishdi. Keyin esa blic musobaqasiga navbat beriladi.
Fikrlar