So’nggi yangiliklar

12:20Чавандозларимиз яна 2 та олтин медалга эга чиқишди 0 11:58Тим Цзю Австралияда Эррол Спенс билан жанг қилади 0 11:37Хотамбек Бойназаров Mangu турнирида UFC жангчиси билан тўқнаш келиши мумкин 0 11:16Суперлига. Бугун янги турга старт берилади 0 10:55Туркия Гран-приси 2027 йилдан Формула 1 тақвимига қайтади 0 10:34Ёш мерганларимиз Жаҳон кубогини 3 та медаль билан якунлашди 0 10:13Octagon 86 турнири асосий жангидан айрилди (ВИДЕО) 0 09:52"Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади + ВИДЕО 0 09:31Самарқандда триатлон бўйича Жаҳон серияси якунланди 0 09:10Усман Нурмагомедовнинг қачон UFC’га ўтиши ҳақида гапирилди 0 08:49Махачев UFC чемпионлик камари ҳимояси жангига тайёргарликни бошлади 0 08:28"Галатасарай" Истанбул дербисида "Фенербахче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди + ВИДЕО 0 08:07Тошкентда синхрон сузиш бўйича “Сув париси” халқаро турнири бошланди 0 07:46World Boxing Кубоги. Гап сонда эмас, сифатда! Тўрт боксчимиздан уч нафари шоҳсупада! 0 19:03Мария Тимофеева Швейцария турнири чемпиони! 0

29 mar 09:30
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Jahon chempionatida 3 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi!

Serbiyaning Vrnjacka Banja shahrida maktab o'quvchilari o'rtasida jahon chempionati - “FIDE World School Chess Championships 2025” o'tkazildi.

Quvonarlisi, ushbu dunyo birinchiligida o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 

Sarvinoz Begmuratova 13 yoshgacha qizlar o'rtasida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko to'plab, biror mag'lubiyatsiz chempionlikni qo'lga kiritdi. Sarvinoz ushbu muvaffaqiyati bilan FIDE Women FIDE Master (WFM) unvonini olish imkoniyatiga ham ega bo'ldi.

Nilufarxon Imomqo'zieva 15 yoshgacha qizlar o'rtasida 7 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibasiga aylandi. U Serbiya, Ruminiya, Hindiston, Kuba va Gruziyaning kuchli shaxmatchilarini mag'lubiyatga uchratib, xalqaro reytingini 60 punktga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Nurmuhammad Nematillaxonov esa 9 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida 7,5 ochko jamg'arib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Jahon chempionati yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan Qozog'iston vakillaridan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.

O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing