19 apr 10:58
Yangiliklar

SHaxmatchilarimiz Jahon chempionatida muvaffaqiyatli start olishdi
Nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasining barcha azolari ilk turda g'alaba nashidasini surishdi. Etti yoshlilar bahsida dona surayotgan Akbar Allaberganov hindistonlik Mitxun Pranavni, Zaynura Abrorova mo'g'ulistonlik Mishil Ganbayarni, 9 yoshlilar o'rtasida Humoyun Bekmurodov hindistonlik Aman Dxanukani taslim etdi. Uchchala shaxmatchimiz ham qora donalarda harakat qilishgan edi.
O'n bir yoshgacha shaxmatchilar orasida bahslarga kirishgan Afruza Hamdamova turkiyalik Duru Seneldan, Bahrom Baxrullaev qozog'istonlik Sanjar Sainovdan, 13 yoshli Umida Omonova turkiyalik Feyza Kipikdan, 15 yoshli Javohir Sindarov mo'g'ulistonlik Enx-Od Enbataardan, 17 yoshlilar turnirida qatnashayotgan SHamsiddin Vohidov turkiyalik O'zdemir Serxar Beratdan, Nodirbek Yoqubboev yana bir mezbon shaxmatchi Emre Kirilmaz, Ali Qosimov esa ozarbayjonlik Firuz Ismailovdan ustun keldi.
Fikrlar