26 fev 12:26
Yangiliklar

SHaxmatchilarimiz Jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi
CHempionat standart yo'nalishida 11 turdan iborat bo'lib, ishtirokchilarga 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab, 30 soniyadan vaqt nazorati belgilanadi. Ushbu dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar shaxmatchisi ham bahslarga kirishdi.
O'g'il bolalar o'rtasidagi 1-turda grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov oq donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan ancha quyida borayotgan hindistonlik Vedant Nagarkatt bilan murosaga keldi. Muhammadzohid Suyarov qora donalarda harakat qilib, ispaniyalik Roberto Florinni mag'lubiyatga uchratdi. Ilk turda Asrorjon Omonov va Miraziz Matyoqubov ham g'alabaga erishdi.
Qizlar o'rtasidagi 1-turda yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova qora donalarda o'ynab, serbiyalik Irina Vuyatovichdan ustun keldi. Guldona Karimova chernogoriyalik Mateya Popovich, Umida Omonova moldovalik Ana Petrisenkoni engdi.
Malumot uchun, ushbu jahon chempionatida 1-o'rinni egallaganlar grossmeysterlik unvoniga ega bo'ladi.
Fikrlar