31 okt 08:35
Yangiliklar
SHaxmatchilarimiz jahon chempionatini g'alaba bilan boshlashdi
Jahon chempionatining 16 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi 1-tur bahsida Afruza Hamdamova niderlandiyalik Anna Blauxut bilan kuch sinashdi. Oq donalarda bahsga kirishgan hamyurtimiz raqibini qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi.
14 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etgan shaxmatchimiz Javohir Bozorov ilk turda Xitoy taypeyilik CHen Yuy CHenni dog'da qoldirdi.
Ushbu yosh toifasining qizlar bahsida ishtirok etayotgan Nilufarxon Imomqo'zieva qora donalarda braziliyalik Mariya Eduard bilan ro'baro' keldi va o'yin shaxmatchi qizimizning g'alabasi bilan yakunlandi.
Bugun 2-tur bahslarida Hamdamova qora donalarda Slovakiya terma jamoasi azosi Novomeska Karin bilan, Bozorov ham qora donalarda latviyalik Reynis Valdatis bilan, Imomqo'zieva esa oq donalarda meksikalik Telles Fukusima bilan bahslashadi.
Eslatib o'tamiz, 10 noyabrga qadar davom etadigan jahon chempionatida 62 ta davlatning 527 nafar shaxmatchisi g'oliblik uchun kurashga kirishgan.
Fikrlar