So’nggi yangiliklar

23:58"Ролан Гаррос". Деярли ярим асрлик рекордни янгилаган даҳшатли финал якунланди 0 23:01Кайла Харрисоннинг бугунги ғалабасидан кейин Аманда Нуньес октагонга қайтишини эълон қилди 0 22:34Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди + ФОТО 0 21:43“Eindhoven Cup”. Абдумалик Ҳалоков финал чиптаси учун рингга кўтарилди 0 20:47Токиода икки чемпион ўртасида бирлаштирувчи дерби жанги бўлиб ўтди 0 19:57Жисмоний тарбия ва спорт таълими доимий эътиборда 0 19:18Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин 0 18:40Мозес Итаума Диллиан Уайт билан жанг ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0

27 dek 09:55
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz jahon chempionatining 5-turida qanday natija qayd etishdi?

Qozog'istonning Almati shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Kecha jahon birinchiligining birinchi kuni rapid yo'nalishida 5 ta partiya o'ynaldi. Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 11 (8 erkak, 3 ayol) nafar azosi ham g'oliblik yo'lida bahslarga kirishgan. Kutilganidek, hozircha eng yaxshi natijani Nodirbek Abdusattorov qayd etmoqda. Rapid yo'nalishida amaldagi jahon chempioni 5 partiyaning 4 tasida g'alaba qozonib, 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 178 shaxmatchi orasida 8-o'rinni egallab turibdi. Beshinchi pog'onadagi Anish Giri (Hindiston) hisobida ham 4 ochko bor. 

Jahon toji sohibi Magnus Karlsen 4,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kecha 4-turda Abdusattorov aynan Karlsenga qarshi bahs olib bordi va afsuski, nomdor raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Vladimir Fedoseev, Arjun Erigaysi va Van Forist Xorden hisobida ham 4,5 ochkodan bor.    


SHaxmatchilarimizning 5-turdagi natijalari (erkaklar) 

Nodirbek Abdusattorov (2676) - Vahap Sanal (Turkiya, 2547) 1-0

Aleksey Sarana (FIDE, 2629) - SHamsiddin Vohidov (2481) 1-0

Nodirbek Yakubboev (2573) - Maksim Matlakov (FIDE, 2671) 1-0 

Jahongir Vohidov (2530) - Timur Gareev (AQSH, 2617) 0-1

Javohir Sindarov (2596) - Bobbi CHeng (Avstraliya, 2476) 0-1

Savva Vetoxin (FIDE, 2358) - Muhammadzohid Suyarov (2089) 0-1

Eliax Everett (Uels, 2125) - Humoyun Begmuratov (2292) 0-1


Qizlarimizning 4-turdagi natijalari 

Nafisa Mo'minova (2242) - Zulayho Foudzi (Malayziya, 2126) 1-0

Anna Lxotska (CHexiya, 2196) - Umida Omonova (2059) 1-0 

Miyaoiy Lu (Xitoy, 2181) - Afruza Hamdamova (2052) 0-1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing