So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

06 mar 12:10
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Jahon chempionatining 9-tur uchrashuvlarini o'tkazishdi

CHernogoriyaning Petrovas shahrida 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Jahon chempionati davom etmoqda.

CHempionat standart yo'nalishida 11 turdan iborat bo'lib, kecha ishtirokchilar 9-turda o'zaro to'qnash kelishdi. Ushbu dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar shaxmatchisi ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boryapti. 

Qizlar o'rtasidagi musobaqaning 9-turida yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova qora donalarda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Olga Karmanova bilan durang qayd etdi. Umida Omonova qora donalarda yana bir rus shaxmatchisi Anna SHuxmanga yutqazib qo'ydi va peshqadam bo'lib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Guldona Karimova bolgariyalik Nadya Toncheva bilan murosaga keldi. 

Afsuski, 9-turda Barchinoy SHokirjonova va Nilufarxon Imomqo'zieva raqibalariga imkoniyatni boy berib, sovrinli o'rinlarni egallashdan mahrum bo'lishdi. O'ninchi tur oldidan Umida Omonova 6 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. U 6 ochko to'plaganlar orasida qo'shimcha ko'rsatkichga ko'ra eng yaxshi natija qayd etgan. Afruza Hamdamova va Guldona Karimova hisobida ham 6 ochko bo'lib, ular mos ravishda 10 hamda 16-pog'onadan joy olgan. Rossiyaliklar Mariya Yakimova, Anna SHuxman va ukrainalik Elizaveta Grebenshikova 7 tadan ochko jamg'arib, kuchli uchlikda borishyapti.        

O'g'il bolalar o'rtasidagi 9-turda Muhammadzohid Suyarov qora donalarda harakat qilib, litvalik Zanas Naynisga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Humoyun Begmuratov oq donalarda hindistonlik Jayvir Mahendrudan ustun keldi. Bu turda Asrorjon Omonov g'alaba, Miraziz Matyoqubov durang, Oriyat Obidjonov mag'lubiyat qayd etdi. Grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov esa muddatidan avval jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. 

SHaxmatchilarimiz orasida hozircha eng yaxshi natijaga Humoyun Begmuratov ega bo'lib turibdi. U 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 21-pog'onadan joy olgan. Hindistonlik grossmeyster Pranav 8 ochko bilan yakka peshqadamlik qilyapti. Kuchli to'rtlikdan joy olgan qolgan uch shaxmatchi hisobida 7 tadan ochko bor. Muhammadzohid Suyarov 5,5 ochko bilan 28, Miraziz Matyoqubov 5 ochko bilan 60-o'rinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing