27 dek 10:37
Yangiliklar
SHaxmatchilarimiz jahon chempionatining bugungi tur o'yinlari oldidan nechanchi o'rinlarda borishyapti?
Jahon birinchiligining birinchi kungi bahslaridan so'ng eng yaxshi natijani Nodirbek Abdusattorov qayd etmoqda. Rapid yo'nalishida amaldagi jahon chempioni 5 partiyaning 4 tasida g'alaba qozonib, 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 178 shaxmatchi orasida 8-o'rinni egallab turibdi. Beshinchi pog'onadagi Anish Giri (Hindiston) hisobida ham 4 ochko bor.
5-turdan keyin shaxmatchilarimiz egallab turgan o'rinlar:
8. Nodirbek Abdusattorov - 4 ochko
16. Nodirbek Yakubboev - 3,5
55. SHamsiddin Vohidov - 3
97. Jahongir Vohidov - 2,5
117. Javohir Sindarov - 2
144. Muhiddin Madaminov - 1,5
155. Muhammadzohid Suyarov - 1,5
160. Humoyun Begmuratov - 1,5
Ayollar o'rtasida kecha 4 ta partiya o'ynaldi. Qizlarimizdan eng yaxshi natijaga Nafisa Mo'minova ega bo'lib turibdi. Uzoq tanaffusdan so'ng terma jamoaga qaytgan mamlakatimizning birinchi ayol grossmeysteri 4 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'ardi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 98 ishtirokchi orasida hozircha 29-pog'onaga joylashgan.
Qizlar
29. Nafisa Mo'minova - 2,5 ochko
56. Afruza Hamdamova - 2
89. Umida Omonova - 1
Fikrlar