So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

26 iyu 10:47
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Osiyo Millatlar Kubogiga yo'l olishdi FOTO

Bugun shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi (erkaklar va ayollar) delegaciyasi Osiyo Millatlar Kubogi-2018 musobaqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

Tarkibda 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov yo'q. Ushbu nufuzli Asian Nations Chess Cup  2018 musobaqasi Eronning Hamadon shahridj 27 iyul - 4 avgust kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi. Terma jamoalar o'rtasidagi turnir standart shaxmat, rapid va blic yo'nalishlarida o'tkaziladi. 

O'zbekistan erkaklar terma jamoasi:

GM Saydali Yo'ldoshev (2456, jamoa sardori)

IM Nodirbek Yoqubboev (2512)

IM Javohir Sindarov (2474)

IM Nikita Xoroshev (2424)

IM Abdumalik Ablisalimov (2331)

O'zbekiston ayollar terma jamoasi:

WIM  Irina Gevorgyan (2254, jamoa sardori)

WGM Gulruhbegim Tohirjonova (2350)

WGM Sarvinoz Qurbonboeva (2241)

WIM Nodira Nodirjonova (2180)

WIM Sevara Boymurodova (2099)

Malumot uchun, Eron mamlakati ushbu musobaqani uchinchi marotaba qabul qilmoqda. Osiyo Millatlar Kubogiga 2006 yili Isfaxon, 2014 yilda esa Tabriz shahri mezbonlik qilgandi. 

Erkaklar o'rtasidagi musobaqada 13ta terma jamoa ishtirok etadi: Hindiston (reyting-favoriti, jamoaning o'rtacha reytingi 2662), Xitoy (2609), Eron Grin (2593), Qozog'iston (2536), Vetnam (2517), Eron Red (2508), O'zbekiston (2467, ettinchi raqam ostida tasniflandi), Eron Vayt (2429), Bangladesh (2338), Iroq (2277), Suriya (2211), Ummon (2059) va Afg'oniston (1435).

Osiyo Millatlar Kubogida 30 nafar xalqaro grossmeyster, ularning 10 nafari reyting bo'yicha 2600dan yuqori, 12 xalqaro toifadagi sport ustalari ishtirok etayotgani musobaqaning nufuzidan darak berib turibdi. 

Ayollar o'rtasidagi musobaqada esa 8ta terma jamoa ishtirok etadi: Xitoy (jamoaning o'rtacha reytingi - 2418), Qozog'iston (2404), Hindiston (2390), Vetnam (2295), Eron Grin (2270), O'zbekiston (2256), Eron Red (2035) va Suriya (1185). Ikki xalqaro grossmeyster Xarika Dronovalli (Hindiston) va Ley Ting Jie (Xitoy) musobaqa favoritlari sifatida etirof etilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning 28 mart - 7 aprel kunlari oralig'ida BAAning Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tgan Osiyo Millatlar Kubogida O'zbekiston ayollar terma jamoasi standart shaxmat va rapid bo'yicha kumush medallarni qo'lga kiritgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing