15 iyu 14:31
Yangiliklar
SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Pamukkaledagi turnirda shohsupaga ko'tarilishdi
Turkiyaning Pamukkale shahrida shaxmat bo'yicha yirik xalqaro turnir yakunlandi.
5-13 iyul kunlari Turkiyaning Pamukkale shahrida xalqaro shaxmat turniri o'tkazildi. Dunyoning 22 mamlakatidan jami 1 032 nafar shaxmatchi ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston sharafini 13 nafar iqtidorli shaxmatchi himoya qildi.
Yakunda yosh hamyurtimiz Muhammadzohid Suyarov 6,5 ochko jamg'arib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi va o'z reytingiga qimmatli 12 punkt qo'shib oldi. Ushbu guruhda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Guldona Karimova ayollar o'rtasida 2-o'rinni, Nilufar Yakubboeva esa 3-o'rinni egalladi.
Havola :
Fikrlar