So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 jan 19:58
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz pul mukofotlarini qabul qilib olishdi + FOTO

Xabaringiz bor, 26-30 dekabr kunlari Polshaning Varshava shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha rapid va blic yo'nalishlaridagi FIDE jahon chempionatida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etishgandi.

Jumladan, nufuzli musobaqaning rapid yo'nalishida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'ldi. SHu bilan birga u dunyo tarixidagi eng yosh jahon chempioniga aylandi. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindarov esa blic yo'nalishida ancha yuqori bo'lgan 8-o'rinni qo'lga kiritdi.

O'zbekiston nomini yanada dunyoga tanitgan istedodli shaxmatchimiz hukumatimiz tomonidan munosib etirof etildi. Nodirbek Abdusattorov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra “Mard o'g'lon” davlat mukofoti hamda Prezident sovg'asi sifatida 2 xonali uy bilan taqdirlandi.

SHuningdek, mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etgan terma jamoamiz azolari Turizm va sport vazirligi tomonidan mukofotlanishdi. Jumladan, Nodirbek Abdusattorov 250 million so'm, uning trenerlari Dmitriy Qayumov (marhum) hamda Jahongir Vohidovlar 100 million so'mdan, Javohir Sindarov 50 million so'm va nihoyat SHamsiddin Vohidov 25 million so'm miqdoridagi pul mukofotiga loyiq ko'rilishdi.

Bugun shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati qahramonlari Turizm va sport vazirligida tegishli pul mukofotlarini qabul qilib oldilar.

Umid qilamizki, bu rag'bat shaxmatchilarimizga kuchli motivaciya berib, ularni yangi g'alabalar sari ruhlantiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing