So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

20 avg 10:11
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz U-16 Butunjahon O'smirlar Olimpiadasida yana ikki uchrashuv o'tkazishdi

Kolumbiyaning Barrankilya shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar (U-16) o'rtasidagi Butunjahon Olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

Nufuzli musobaqada dunyoning 45 davlatidan 90 ta jamoa bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi o'rtacha reyting bo'yicha 2-o'rinda qayd etilgan bo'lib, shaxmatchilarimiz Butunjahon Olimpiadasini ketma-ket 3 ta g'alaba bilan boshlashgandi.   

Xalqaro grossmeyster Saydali Yuldashev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro sport ustalari Humoyun Begmuratov (2435), Muhammadzohid Suyarov (2356), FIDE sport ustasi Asrorjon Omonov va ayollar xalqaro sport ustasi, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova dona surmoqda. 

Kecha Olimpiadada ikkita tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'smirlarimiz avvaliga 4-turda Qozog'iston 2 jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Beshinchi turda esa musobaqa reyting peshqadami FIDE 1 jamoasiga 0,5:3,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Muhammadzohid Suyarov grossmeyster Ivan Zemlyanskiy bilan durang o'ynadi. Qolgan shaxmatchilarimiz grossmeyter raqiblariga yutqazib qo'yishdi. SHu turgacha 4 ta uchrashuvda g'alaba qozongan Hindiston va Kolumbiya 1 terma jamoalari bahsida hindlar 3:1 hisobida ustun kelishdi.  

O'zbekiston terma jamoasi Olimpiadaning 5-turidan so'ng 4 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan 8 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'rinni egallab turishibdi. Barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan Hindiston va FIDE 1 jamoalari 10 ochkodan to'plab, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti.  

Bugun 6-turda O'zbekiston terma jamoasi FIDE 2 jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Birinchi doskada Hindiston va FIDE 1 terma jamoalari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing