So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

19 avg 11:56
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz U-16 Butunjahon O'smirlar Olimpiadasini ketma-ket uchta g'alaba bilan boshlashdi

Kolumbiyaning Barrankilya shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar (U-16) o'rtasidagi Butunjahon Olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

Nufuzli musobaqada dunyoning 45 davlatidan 90 ta jamoa bosh sovrin uchun bahslarga kirishgan. O'zbekiston terma jamoasi o'rtacha reyting bo'yicha 2-o'rinda qayd etilgan bo'lib, shaxmatchilarimiz Butunjahon Olimpiadani ketma-ket 3 ta g'alaba bilan boshlashdi.   

Olimpiadada xalqaro grossmeyster Saydali Yuldashev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etyapti. Tarkibdan xalqaro sport ustalari Humoyun Begmuratov (2435), Muhammadzohid Suyarov (2356), FIDE sport ustasi Asrorjon Omonov va ayollar xalqaro sport ustasi, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova joy olgan. 

O'zbekiston terma jamoasi Olimpiadaning 1-turida mezbonlarning Kolumbiya 10 jamoasidan 4:0 hisobida ustun keldi. Ikkinchi turda Ekvadorning birinchi raqamli terma jamoasi 3:1 hisobida mag'lub etildi. SHaxmatchilarimiz 3-turda Peruning asosiy jamoasidan ustun kelishdi - 4:0. 

Bugun 4-turda O'zbekiston terma jamoasi o'zi singari 3 ta uchrashuvda yuz foizlik natija qayd etgan Qozog'iston 2 jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'zbekiston va Qozog'istondan tashqari FIDE 1, FIDE 2, Xitoy, Qozog'iston 2, Kolumbiya 1 va Kuba 1 jamoalari ham 3 tadan g'alabaga ega bo'lib turibdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing