So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

11 jan 21:23
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimizga etibor oshmoqda + FOTO

Yaxshi bilasiz, mamlakatimizda sportga, hususan shaxmatga ham etibor so'nggi yillarda oshdi.

SHaxmat sportini rivojlantirishga shaxsan mamlakatimiz rahbari tomonidan etibor qaratilmoqda. Bunga javoban shaxmatchilarimiz ham jahon arenalarida sezilarli yutuqlarga erishib kelishmoqda. 

Bugun poytaxtimizda shaxmatchilarimizni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir tadbir tashkil etildi. Unda O'zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o'rinbosari Alisher Sadullaev, BMB Trade Group kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov, shaxmatchilarimiz Umida Omonova va Humoyun Bekmurodov, OAV xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida endilikda shaxmatchilarimiz Umida Omonova va Humoyun Bekmurodovga BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan homiylik qilinishi haqida malum qilindi.

"Har ikki shaxmatchimizning ham istiqboli bor. Ayni paytda mamlakatimizda 27 nafar grossmeyster bor. Yaqin yillarda ular sonini yanada oshiramiz. Umida va Humoyun hozircha grossmeyster emas. Ammo to'g'ri yo'naltirilgan "investiciya" evaziga ularni 3-4 yil ichida jahonning top shaxmatchilari qatorida ko'rishimiz mumkin.

Yaqin orada boshqa shaxmatchilarimizga ham mana shunday homiylar biriktirilishi rejasi bor", - dedi Alisher Sadullaev tadbir davomida.

O'z navbatida shaxmatchilar bunday etibordan xursand ekanliklarini qayd etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing