So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

13 avg 17:08
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchimiz BAAda kumush medal va 7500 AQSH dollariga ega chiqdi

Teglar :  SHaxmatBAAYoqubboev
BAAning Abu-Dabi shahrida 26-marotaba tashkil etilgan Abu-Dabi xalqaro shaxmat festivali (26th Abu Dhabi International Chess Festival) bo'lib o'tdi.

Nufuzli musobaqada shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari, xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov hamda O'zbekiston chempioni Javohir Sindorov vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmatining bizga xabar qilishicha, 9 turdan iborat mazkur musobaqada 7,0 ochko jamg'argan hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboev 2-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Nodirbek Abdusattorov 6,0 ochko bilan 16-o'rinni egalladi. Eng yosh O'zbekiston chempioni Javohir Sindorov esa 5,5 ochko bilan 28-pog'onadan joy oldi.

Musobaqaning rasmiy sayti adchessfestival.ae keltirgan malumotlarga ko'ra, Abu Dabi xalqaro shaxmat festivalida dunyoning 27 davlatidan 55 nafar grossmeyster (shundan 7 nafari ayol), 34 nafar xalqaro toifadagi sport ustalari (10 nafar ayol), jami 150 nafar shaxmatchi qatnashgan. Bu esa musobaqa nufuzi ancha baland ekanligini ko'rsatadi.

Turnirda eng baland reytingli shaxmatchi sifatida ukrainalik Yuriy Krivoruchko g'oliblik uchun dona surgan bo'lsa-da, 1-o'rinni gruziyalik Baadur Jobava qo'lga kiritdi. Musobaqada 2-o'ringa sazovor bo'lgan xalqaro grossmeyster, Xalqaro SHaxmat akademiyasi tinglovchisi Nodirbek Yoqubboevga kumush medal bilan birga 7 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti ham topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing