So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 may 16:37
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchimiz SHarjadagi turnirda sovrindor bo'ldi

22-28 may kunlari BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

O'z tarixida 23-bor tashkil etilgan musobaqa shaxmatning tezkor hamda blic yo'nalishlarida o'tkazildi. Xalqaro turnirda o'zbekistonlik yosh shaxmatchilardan - amaldagi O'zbekiston chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi Nodirbek Yoqubboev, shuningdek, Abdumalik Abdusalimov va Suhrob Komiljonov ishtirok etdi. 

Musobaqaning tezkor shaxmat bahslari shveycarcha tizimda o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar 9 tur natijasiga ko'ra aniqlandi. Unda 7,5tadan ochko jamg'argan xalqaro grossmeysterlar - greciyalik Efstratios Grivas hamda kubalik Arensibia Rodriges birinchi va ikkinchi o'rinlarni bo'lishib olishdi. 

Bir yo'la to'rt nafar ishtirokchi 7tadan ochko to'pladi. Ular orasida eng yaxshi qo'shimcha ko'rsatkichga ega bo'lgan hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboev bronza medalini qo'lga kiritdi. SHuningdek, Yoqubboev 16 yoshgacha bo'lgan tengqurlari orasida birinchi o'ringa sazovor bo'ldi. FIDE ustasi Abdumalik Abdusalimov 16 yoshgacha shaxmatchilar orasida ikkinchi, umumiy hisobda 7 ochko bilan 6-o'rinni band etdi. 

Xalqaro turnirning rapid bahslarida esa bu ikki shaxmatchimiz kuchli o'nlikdan joy olishdi. Yoqubboev 9 imkoniyatdan 7, Abdusalimov esa 6,5 ochko bilan 10-o'rinni egalladi. Etiborlisi, Abdumalik yosh bo'lishiga qaramay xalqaro grossmeysterlar Konstantin Land va Dmitriy Komarovlarni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing