10 jan 21:21
Yangiliklar
SHaxmatda yil yakunlari sarhisob qilindi: rais o'rinbosari bilan matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO
SHu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Husan Turdaliev, federaciya bosh kotibi Sunatilla Bozorboev va OAV vakillari ishtirok etishdi. Matbuot anjumanida 2022 yili o'tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar jadvali malum qilindi. SHuningdek, yil davomidagi vazifalarga kengroq, batafsil to'xtalindi.
SHundan so'ng, jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan federaciya vakillariga murojaat qilishdi:
-Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda O'zbekiston shaxmat federaciyasi sportchilar musobaqalarga borib-kelishi uchun mablag' ajratmaydi degan xabarlar tarqaldi. Nodirbek Abdusattorov mana shu kungacha bo'lgan turnirlarga o'z hisobidan borganmi yoki federaciya ayrim musobaqalarni xarajatlarini ko'tarishi kerakmi?
“OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni biz ham o'qidik. Yosh shaxmatchi o'z-o'zidan grossmeyster bo'lib qolmaydi. Nodirbek Abdusattorovni ko'plab musobaqalarga federaciya hisobidan olib borganmiz. Masalan, 8 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida jahon chempioni bo'lganida Evropaga, 10 yoshgacha bo'lgan shaxmatchiar o'rtasidagi JARda musobaqada barchasi federaciya tomonidan moliyalashtirilgan. Oxirgi 4-5 yil davomida BAAning SHarja shahrida bo'lib o'tayotgan turnirga ham doimiy tarzda olib boryapmiz. Nafaqat Abdusattorov balki, Nodirbek Yoqubboev, SHamsiddin Vohidov, Xumoyun Bekmurodovning har yilgi musobaqalardagi ishtiroki federaciya hisobidan moliyalashtiriladi", - dedi Husan Turdaliev.
SHuningdek, bundan 3 yil avval Nodirbek Abdusattorov Jahon terma jamoasi tarkibida g'alaba qozongani va o'sha musobaqada uning ishtiroki federaciya tomonidan qoplangani aytib o'tildi.
"Federaciyamiz qoshida markaziy shaxmat klubi bor va biz iqtidorli 5 nafar shaxmatchiga stipendiya tayinlaganmiz. Markaziy shaxmat klubi har oyda 200 mingdan har bir shaxmatchiga stipendiya to'laydi. SHuningdek, mana shu 5 nafar shaxmatchining 1 yilda 1 marta xalqaro turnirga chiqishini moliyalashtiradi. Bu klubda 90 ga yaqin shaxmatchi shug'ullanadi".
- Bir yilda jahon bo'ylab ko'plab tijoriy turnirlar tashkil etiladi. Mana shu musobaqalarni barchasini federaciya moliyalashtirishi shartmi yoki uning zimmasiga kirmaydimi?
"Tijoriy musobaqalarga shaxmatchi o'z hisobidan borsa va u erda g'alaba qozonsa barcha mukofotni o'zi oladi. Biz imkon darajasida mana shunday musobaqalarda ularga yordam beramiz. Nodirbek Abdusattorov 2018 yili grossmeyster talabini bajargan turnirini imkonimiz bo'lmagani uchun to'lay olmaganmiz. Abdusattorovni sazoyi qilgan degan gap chiqibdi. Biz hech qachon hech qaysi sportchini sazoyi qilmaymiz".
Matbuot anjumanida Gulruxbegim Tohirjonova masalasi ko'tarildi va bu savolga ham O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari javob berdi:
- AQSH sharafini himoya qilayotgan Gulruxbegim Tohirjonovani O'zbekiston shaxmat federaciyasiga qaytarish uchun harakatlar bo'lyaptimi?
"O'zbekistonlik ayol grosstmeysterlar soni hozirda 5 nafardan oshdi. Nilufar Yoqubboeva ham grossmeysterlik talabini bajardi. Tohirjonovani qaytarish yoki qaytarmaslik - bu, bizga bog'liq emas. Bu har bir shaxmatchining o'zini ixtiyorida. SHaxmatchi chet elga ketsa, bundan tragediya yasash kerak emas. Manfaatdor odamlar uni ko'p bor "propaganda" qilishdi. Masalan, Eldor SHomurodov Italiyada o'ynayapti. Bu ham o'zini xohishi. Har bir shaxmatchi qaerga borib o'ynashni xohlasa o'sha erda o'ynaydi. U O'zbekiston fuqarosi, xohlagan joyiga borib o'ynashi mumkin. Gulruxbegim Tohirjonovaning otasini takidlashicha, Gulruhbegim o'qishga kirganligi sababli Amerika shaxmat federaciyasi tomonidan unga 150 ming dollar berilgan. Bizda unday imkoniyat yo'q. Keyin shaxmatchida vatanparvarlik, Vatanni sevish degan narsa bo'lish kerak. Biz uni grossmeyster darajasiga etkazdik. U shu mamlakatdan chiqdi. Uni opasi Nafisa Mo'minova o'ynab yurgan vaqtda u uchun Gran-pri o'tkazdik. Bitta Gran-prining narxi juda qimmat. Kamida 500 ming evro ketadi. Biz shuni tashkil qilganmiz. Nafisa Mo'minova o'shandan keyin mashhur bo'ldi. Uni musobaqadan oldin chet elga yuborganmiz, Malayziyaga borgan, Yangiobodda kuchli murabbiylar bilan yig'in o'tkazib, uni shug'ullantirdik. Lekin qaerga borib o'qishi, federaciyani almashtirishi bu har kimning o'zini xohishi. Albatta biz Tohirjonovani qaytishini xohlaymiz. Agar u 5 yildan keyin Amerikadagi o'qishni tugatib qaytib kelsa, biz albatta uni qabul qilamiz. Buni hech qanday muammosi yo'q. Biz hatto Nafisa Mo'minova va Hulkar Tohirjonovani turnirga taklif qildik”-dedi Husan Turdaliev.
Turdalievning so'zlarini federaciya bosh kotibi davom etirib, opa-singil shaxmatchilarga shaxsan o'zi aloqaga chiqqani va ularni taklif qilganini takidladi: “Otalari Alisher Mo'minov bilan shaxsan o'zim gaplashganman. Bizga o'zlarining talablarini qo'ygan. Butun dunyo shaxmat tajribasida shunday narsa bor, agar shaxmatchining faoliyatiga uning ota-onasi aralashadigan bo'lsa, uning kelajagi sinadi. SHaxmatchiga shaxmatchi sifatida qarash kerak, uning farzandiga pul topadigan yoki boshqaruvchi sifatida emas. SHaxmatchi ijodkor, u intellektual salohiyat sohibi. Ota-onasi uni taqdirini hal qilmasligi kerak. Misol uchun, Nodirbekka ham turli mamlakatlardan juda katta summalar va yaxshi sharoit bilan har xil takliflar bo'lgan. Lekin Nodirbek doimiy ravishda bu narsani rad qilib keladi. Faqat O'zbekiston nomidan o'ynash uchun. Federaciya nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Bizda agar mablag' taraflama hech qanday muammo bo'lmasa, berilgan mablag'ning barchasi shaxmatchilar uchun ishlatiladi. Biz har doim shaxmatchilar yuqori natijalarni qo'lga kiritishini xohlaymiz",-dedi Sunatilla Bozorboev.
Matbuot anjumani davomida jurnalitlar o'zlarini qiziqtirgan yana ko'plab savollarga javob olishdi.
Fikrlar
Шу рахбарлар богчага борадиган боласига хам бир ойда 200 мингдан куп пул берса керак .
Тохиржонова бекорга кетвормаган.