29 avg 16:28
Yangiliklar
Og'ir atletika
SHaxsiy rekordlarini yangilagan Adhamjon Ergashev “Mustaqillik kubogi”ning g'olibiga aylandi
Og'ir atletika bo'yicha o'tkazilayotgan “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn musobaqasida erkaklar o'rtasidagi -67 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi.
Biroz aval Adhamjon Ergashev ushbu vazn toifasida yana bir chempionlikni qo'lga kiritdi. Vakilimiz dast ko'tarish mashqida 147 kg, siltab ko'tarish mashqida 183 kg, ikki kurashda esa 330 kg natija qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Takidlash joiz, bu hamyurtimiz uchun barcha yo'nalishlarda yangi shaxsiy rekord sifatida ham qayd etildi. Yana bir ahamiyatlisi, vakilimiz g'alaba yo'lida Rio-2016 Olimpiya o'yinlari sovrindori Luis Moskerani dog'da qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Erkaklar, -67 kg:
1. Adhamjon Ergashev (O'zbekiston) – 330 kg (147 kg + 183 kg)
2. Luis Moskera (Kolumbiya) – 310 kg (140 kg + 170 kg)
3. Rayyan Grimsland (AQSH) – 291 kg (130 kg + 161 kg)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar