So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 sen 08:12
Yangiliklar

Boshqalar

SHerali Jo'raev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini sohibi!

Poytaxtimizda kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun I xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Unda dunyoning 40 ta davlatidan kelgan polvonlar mutlaq vazn toifasida gilamga chiqdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Kurash xalqaro associaciyasi va mamlakatimiz kurash federaciyasi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etdi. 

Turnirning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston kurash federaciyasi raisi O.Murodov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo'jaev va boshqalar milliy qadriyatimiz – kurash bugun dunyoning barcha mintaqasida jadal rivojlanib, nufuzi yuksalib borayotganini takidladi.

SHundan so'ng polvonlar bosh sovrin uchun kurashni boshlashdi. Ularning halol bahslari kurash muxlislarining olqishiga sazovor bo'ldi. 


Hamyurtimiz SHerali Jo'raev musobaqada oltin medalni qo'lga kiritib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 50 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi. Kumush medal sohibi bo'lgan polvonimiz Bekmurod Oltiboev esa 25 ming AQSH dollarini qo'lga kiritdi. Tojikistonlik Temur Rahimov va rossiyalik Aslan Kambiev bronza medali bilan taqdirlandi. Ularga 10 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot berildi. SHuningdek, musobaqada 5-8 o'rinni egallagan sportchilar ham 1250 AQSH dollari bilan mukofotlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing