08 dek 09:38
Yangiliklar
Xokkey
"SHerdor" klubi rossiyalik xokkeychini o'z tarkibiga qo'shib oldi
O'zbekiston Ochiq chempionatida ishtirok etayotgan Samarqandning "SHerdor" xokkey jamoasi tarkibini kuchaytirmoqda.
Jamoa rahbariyati 2000 yilda tug'ilgan himoyachi Dmitriy Storojev bilan shartnoma imzoladi.
Xokkeychi allaqachon klubning Bishkekdagi yig'iniga qo'shilib, "Uchur"ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik olib boryapti. Storojevning so'nggi klubi Qozog'istonning "Sariarka" jamoasi edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar