05 iyu 12:34
Yangiliklar
Futbol
SHerzod Fayziev faoliyatini Malayziyada davom ettiradi
"Lokomotiv" matbuot xizmati SHerzod Fayzievning "Sri Paxang" jamoasi bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.
"O'tgan ikki yarim mavsumni "Lokomotiv" tarkibida o'tkazgan 30 yoshli himoyachi SHerzod Fayziev faoliyatini Malayziyada davom ettiradi.
SHerzod Fayziev Malayziyaning "Sri Pahang" jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. O'tgan ikki mavsum davomida jamoamizda eng ko'p o'yin o'tkazgan himoyachimizning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz!", - deb yozadi "Lokomotiv".
Eslatib o'tamiz, roppa-rosa bir soat oldin "Eshitdik-da" rukni ostida SHerzod Fayzievning Malayziya jamoasiga o'tganini malum qilgandik.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar