So’nggi yangiliklar

13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0

18 sen 11:34
Yangiliklar

Boks/MMA

SHerzod Husanov Polshaga jo'nab ketdi, 44 yoshli bokschimiz ertadan keyin markaziy jangda ringga chiqadi + POSTER

Teglar :  SHerzod Husanov
20 sentyabr kuni Polshaning Xoynice shahrida professional boks turniri o'tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Babilon Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz SHerzod Husanov ringga ko'tariladi. Tajribali bokschimiz polshalik Pavel Stepinga qarshi jang o'tkazadi. Husanov murabbiylari bilan birga Polshaga jo'nab ketdi. 

Taqqoslash uchun, 34 yoshli mezbon bokschi prof faoliyati davomida 21 ta jang o'tkazib, 19 g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. O'n ikkita jangda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Faoliyatidagi 20 ta jangini o'z vatanidagi boks oqshomlarida o'tkazgan. Faqat bir marotaba Angliyaning Birmingem shahrida tashkil etilgan boks kechasida britaniyalik taniqli charm qo'lqop ustasi Joshua Buatsiga qarshi ringga chiqib, mag'lubiyatga uchragan. 

U shu yil yanvar oyida 44 yoshini qarshilagan, 2007 yildan beri prof ringda jang o'tkazib kelayotgan SHerzod Husanovning hisobida 28 ta jang bor. U 24 g'alaba (12 nokaut), 3 mag'lubiyat va 1 durang natija qayd etgan. SHu yil aprel va may oylarida Andijonda o'tgan prof boks kechalarida mos ravishda Odiljon Jo'raboev va G'iyosbek Mamajonovni mag'lubiyatga uchratgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing