07 sen 16:24
Yangiliklar
SHevchenkoning jamoasi UFC chempionlik kamaridan voz kechish qarorini izohladi
"Biz 3 oktyabr kuni Nataliya Silvaga qarshi jang qilishimiz kerak edi, ammo elka va bel paylaridagi jarohat tufayli voqealar rivojini tezlashtirmaslik va jangni qoldirishga qaror qildik. Tiklanish jarayoni uzoq vaqt talab qilishini inobatga olib, biz vaqtincha kamardan voz kechishga qaror qildik. Sog'ayib chiqqach, Valentina yana kamar uchun jang qiladi", — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi MMA Mania nashri.
Fedotovning so'zlariga ko'ra, jarohatdan tiklanish sakkiz oy vaqt olishi kutilmoqda.
O'tgan hafta tashkilot Valentina SHevchenko chempionlik kamaridan voz kechganini rasman elon qildi. Vakant qolgan titul uchun 3 oktyabr kuni Solt-Leyk-Sitida bo'lib o'tadigan UFC 332 turnirida braziliyalik Nataliya Silva va xitoylik Van Kong o'zaro bahslashadi. Ushbu jang turnirning markaziy voqeasi bo'ladi.

Fikrlar