27 may 18:27
Yangiliklar
SHin 3 soat davom etgan o'yinda kambek evaziga yarim finalga chiqdi
Turnirda tennischimiz Maksim SHin ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Biroz avval SHin musobaqaning chorak finalida polshalik Yasha SHayrixga qarshi kortga chiqdi. Uch soat davom etgan uchrashuv g'olibi 3 set natijasiga ko'ra aniqlandi.
Birinchi setni tennischimiz 6/1 hisobida yutib olgan bo'lsa, ikkinchi setda SHayrixning qo'li baland keldi - 6/4. Uchinichi, hal qiluvchi setda esa SHin ajoyib kambekni amalga oshirib, 6/4 hisobida g'alaba qozondi va turnir yarim finaliga yo'l oldi.
Taqqolash uchun, Maksim SHin ATR reytingiga kirmagan, Yasha SHayrix esa jahonning 1925-raketkasi hisoblanadi.
Maksim SHinning yarim finaldagi raqibi franciyalik Tomas Deshan bo'ladi. Ayni vaqtda Deshan ATR reytinida 987-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar