11 dek 12:18
Yangiliklar
SHodiyor Meliqo'zievning Sanjar Tashkenbayga qarshi final jangi yakunlandi
Bugun erkaklar o'rtasidagi bahslarning final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqada -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHodiyorjon Meliqo'ziev finalda qozog'istonlik Sanjar Tashkenbayga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda SHodiyor Meliqo'ziev 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Bokschimiz 3-raundda raqibini nokdaun holatiga ham solib qo'ydi.
Malumot uchun, Meliqo'ziev jahon chempioni hisoblanadigan Sanjar Tashkenbay bilan shu kungacha ikki marotaba jang qilib, ularning har ikkisida ham mag'lubiyatga uchragandi. Bugun o'tkazilgan finalda bokschimiz nihoyat g'alabaga erisha oldi.
SHu tariqa, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ilk oltin medalni qo'lga kiritdi. Bugun shuningdek yana 9 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi.
Fikrlar