27 iyu 14:15
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1914_220.jpg)
SHofayziev Gruziyada ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi
Tennischimiz SHonig'mat SHofayziev Gruziyaning Telavi shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini muddatidan avval to'xtatdi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Saralash bahslaridan g'oliblaridan biri turkiyalik Yuksel Anilga qarshi kechgan va 1 soatu 20 daqiqa davom uchrashuvda SHonig'mat ikki setda ham bir xil 4:6 hisobidagi mag'lubiyatni tan oldi. SHofayzievning raqibi o'zidan deyarli 600 pog'ona yuqoridagi tennischi edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar