26 avg 08:24
Yangiliklar
Tennis

SHofayziev Minsk turniridagi ishtirokini yakunladi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida Temur Ismoilov ilk davradayoq Janubiy Afrika Respublikasi tennischisi Damon Guchga 4:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Turnirning juftliklar bahsida yana bir hamyurtimiz SHonig'mat SHofayziev ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Qozog'istonlik Roman Xassanov bilan tandem xosil qilgan SHonig'mat yarim final uchrashuvida turnirning birinchi raqamli juftligi, britaniyalik tennischilar – Klayton Skott hamda Jonni Omaradan 6:4, 5:7, tay-brekda 6:10 hisobida mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar