25 avg 07:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/3481_220.jpg)
SHofayziev Minskdagi turnirda yarim finalga chiqdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida Temur Ismoilov ham ishtirok etgandi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz ilk davrada Janubiy Afrika Respublikasi tennischisi Damon Guchga 4:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Ushbu turnirning juftliklar bahsida yana bir hamyurtimiz SHonig'mat SHofayziev ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Qozog'istonlik Roman Xassanov bilan tandem xosil qilgan SHonig'mat chorak finalda belaruslik tennischilar – Martin Borisyuk va Anton Dubrovni 2:6, 6:4, tay-brekda 11:9 hisobida taslim etdi.
Bugun SHofayziev va Xassanov yarim final uchrashuvida turnirning birinchi raqamli juftligi, britaniyalik tennischilar – Klayton Skott hamda Jonni Omaraga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar