12 avg 18:24
Yangiliklar
![](/upload/storage/2827_220.jpg)
SHofayziev Telavi turniri juftligida finalga chiqdi
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida braziliyalik Kayo Silvaga 3:6, 7:6(3), 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Juftlik musobaqasida esa u muvaffaqiyatli odimlayapti. SHonig'mat gruziyalik George Civadze bilan uchinchi raqamli juftlikni xosil qilgan. Ular yarim final uchrashuvida ukrainalik tennischilar – Oleksandr Belenskiy hamda Oleg Prixodkoni 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etishdi.
Ukrainalik bu tennischilar ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligini bahslardan chiqarib yuborgandi. Endi SHonig'mat va George bosh mukofot uchun kechadigan uchrashuvda musobaqaning ikkinchi raqamli juftligi, avstraliyalik tennischilar – Mitchel Uilyam Robins hamda Tomas Fankatga qarshi kortga chiqishadi.
Fikrlar