10 avg 11:25
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2683_220.jpg)
SHofayziev Telavi turniri juftligida yarim finalga chiqdi
O'zbekistonlik tennischi SHonig'mat SHofayziev Gruziyaning Telavi shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida braziliyalik Kayo Silvaga 3:6, 7:6(3), 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Juftlik musobaqasida esa u muvaffaqiyatli odimlayapti. SHonig'mat gruziyalik George Civadze bilan uchinchi raqamli juftlikni xosil qilgan. Ular chorak final uchrashuvida raqiblari – gruziyalik Aleksandr Bakshi va rossiyalik Kristian Lozan kortga chiqmaganligi bois, kurashsiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar