13 avg 10:24
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2872_220.jpg)
SHofayziev Telavi turniri vice-chempioniga aylandi
O'zbekistonlik tennischi SHonig'mat SHofayziev Gruziyaning Telavi shahrida yakuniga etib borayotgan turnirning juftlik bahslari vice-chempioniga aylandi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida braziliyalik Kayo Silvaga 3:6, 7:6(3), 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Juftlik musobaqasida esa finalga qadar mag'lubiyatsiz etib keldi. SHonig'mat gruziyalik George Civadze bilan uchinchi raqamli juftlikni xosil qilgandi. Ular bosh mukofot uchun kechgan uchrashuvda musobaqaning ikkinchi raqamli juftligi, avstraliyalik tennischilar – Mitchel Uilyam Robins hamda Tomas Fankatga 6:4, 3:6, tay-brekda 11:13 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Havola :
Fikrlar