08 avg 17:11
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2572_220.jpg)
SHofayziev Telavi turniri yakkaligida mag'lubiyatga uchradi
O'zbekistonlik tennischi SHonig'mat SHofayziev Gruziyaning Telavi shahrida o'tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning ilk davrasida braziliyalik Kayo Silvaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 41 daqiqa davom etgan uchrashuvda Silva 6:3, 6:7(3), 7:6(5) hisobida g'alaba qozondi.
Endi SHofayziev bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi. SHonig'mat gruziyalik George Civadze bilan uchinchi raqamli juftlikni tashkil qilgan. Ular bugun italiyalik Luka Tomasetto va Ettore Kapello hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar