02 may 16:15
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Abdullaev qirg'izistonlik raqibiga hech qanday imkon qoldirmasdan g'alaba qozondi!
O'zbekistonlik bokschi SHohjahon Abdullaev jahon chempionatidagi "yurishini" boshladi.
Toshkentda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi yigirma ikkinchi jahon chempionatining ikkinchi kuni davom etmoqda. Biroz avval - 86 kg vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi — SHohjahon Abdullaev saralash jangida qirg'izistonlik Adilbek Erkin Uluuga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurtimiz SHohjahon Abdullaev g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar